avatar
Куч
0.60
Рейтинг
+0.24

Jahongir

Мақолалар

Meninng bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
        Meninng bobom, buvim – mahallamiz faxri
                                   Reja:
           1.Qarisi bor uyning parisi bor.
           2.Bobom va buvimning mahalladagi o’rni.
           3.Mahallamizdagi faxriylar.
           4.Keksalar el ardog’ida.
           Dono xalqimiz qadim-qadimdan nuroniy otaxonlar-u onaxonlarni, keksa bobo-buvilarni ardoqlab, e’zozlab kelgan.Zero ulug’larga yordam berish,hojatini chiqarib, duosini olish-bizning qon-qonimizga, jon-jonimizga singib ketgan ezgu bir qadriyat.Qaysiki oilada bobo-buvilar bor ekan, u xonadonda qut-baraka, fayz, osoyishtalik bo’ladi.

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri
                                      Reja:
1.     Qariyalar-tajribali kishilar.
2.     Bobom va buvimning mahalladagi o’rni.
3.     Qariyalar yurt tayanchi.
 
Keksalarga hurmat,ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan.
    (I.A.Karimov.)
Qariyalar-yoshi ulug’, tajribali, ko’pni ko’rgan, beg’ubor insonlardir. Ularning tajriba va bilimlari yurt ravnaqi uchun xizmat qiladi. Qariyalar o’z umri davomida boshidan kechirgan yaxshi va yomon kunlarini yoshlarga so’zlab berib, ularni to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Vatanga muhabbat hissini uyg’otib, har kuni ezgu ishlar qilishga undaydilar. Ana shunday Vatanparvar, namunali insonlardan biri mening bobom va buvimlardir.
    Bobom, Imomov Abduhamid, 18 yoshligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo’lganlar. O’z Vatani, xalqi uchun jang qilib, oyog’idan yarador bo’lganlar. Shunga qaramay bobom dushmanlarni yer tishlatib, qahramon bo’lib qaytganlar. Bobom juda kamtar inson bo’lganliklari sababli ko’cha-ko’yda, choyxonalarda,do’stlar davrasida sira ko’krak kermas,maqtanmas edilar. Mening bobom ana shunday  inson edilar. To’g’ri, bobom olamdan o’tganlar, biroq men ularni qalban his etaman. Dasturxon atrofida ham, yaxshi-yomon kunlarimda ham doimo bobomni yodga olaman.
Buvim… Buvimlarga qancha ta’rif bersam ham kam. Ular o’n bir farzandni dunyoga keltirib, ularga yaxshi tarbiya berib,oq yuvib, oq tarab, mehrini bolalariga bo’lib-bo’lib emas, butunlay berganlar. Vataniga foydasi tegadigan inson qilib yetishtirgan ayoldirlar. Buvimlar urush vaqtida front ortida mehnat qilganlar, o’z oilasidan tashqari, boshqa oilalarga ham yordam qo’lini cho’zganlar. Qo’ni-qo’shnilarga, qiynalib qolgan oilalarga tayanch bo’lib, to’g’ri maslahat berganlar. O’z nabiralariga juda bog’lanib qolgan edilar. Ayniqsa, meni juda yaxshi ko’rar edilar. Albatta, men ham ularni sevaman. Ularning menga yoshligimda so’zlab bergan hikoya, ertak va rivoyatlari juda yoqardi. Lekin barcha rivoyatlardan bittasini hech qachon yodimdan chiqara olmasam kerak. Ana shu rivoyatni sizga so’zlab bersam: Bir mamlakatning podshosi keksalarni “keraksiz yuk” deb hisoblar ekan. Shuning uchun mehnatga yaramay qolgan qariyalarni yurtidan badarg’a qilar ekan. Ammo bir yigit sirli ravishda o’z otasini uyida olib qolgan ekan. Podsho yurtida “keraksiz yuk”lar qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish haqida farmon beribdi. Shunda bechora yigitning do’sti unga maslahat beribdi: “Do’stim, shohning qo’liga tushib,o’lim jazosiga hukm qilinmasligingdan, otangni tog’ning narigi tomonidagi kulbaga olib borib qo’y. U yerda bir oyga yetarli yemak qoldir. Qolganiga peshonangdagini ko’rasan”,-debdi. Yigit do’stining gapiga kirib, otasini ko’tarib yo’lga tushibdi. Tog’ning yarmiga yetgach, toliqibdi. Otasini katta toshga o’tqazib, o’zi ham dam olishga o’tiribdi. Shunda otasi unga qarab mayin jilmayibdi. Yigit hayron bo’lib: “Otajon, men sizni tog’ning narigi chekkasidagi kulbada qarovsiz qoldirib ketmoqchiman-u, siz esa jilmayyapsiz. Nechun?”-deb  so’rabdi. Otasi unga: “Men ham yoshligimda otamni zolim podshoning otasidan yashirincha olib qolganman. Vaqti kelgach, tog’ning narigi chekkasidagi o’sha kulbaga tashlab ketganman. Yo’lda toliqib, otamni men ayni damda o’tirgan toshga o’tqazib, o’zim sen o’tirgan joyga o’tirganman. Qaytar dunyo deganlari rost ekan,”-deb javob beribdi. Otasining gapi o’g’liga qattiq ta’sir qilibdi. U otasini uyiga olib ketibdi.
    Zolim podshoni taxtdan ag’darish yo’lini izlab topib, mamlakatda tinchlik o’rnatibdi.
    Bu rivoyatni eshitib bo’lgach, buvimga hech qachon ota-onamni, oilamni tashlab qo’ymayman, deb va’da berganman.
    Shunday qilib,bobom va buvimlarning nafaqat bizning oilamizda, balki butun mahallamizda o’rinlari beqiyos edi. Kimningdir boshiga tashvish tushganda ham, to’y-ma’rakalarni o’tkazishda ham qo’ni-qo’shnilarimiz bobom va buvimlardan maslahat olishar edilar. Ular hashar ishlariga, jiddiy maslahatli ishlarga doim bosh-qosh bo’lishar, yomon yo’llarga: talonchilik, o’g’rilik, ichkilikbozlikka kirib borayotganlarni fikridan qaytarishga harakat qilardilar. Bir so’z bilan aytganda bobom va buvim- mahallamiz ko’rki va faxri edilar.
    Ularning vafotidan so’ng ham mahalladoshlarimiz bobom bilan buvimlarni juda ko’p yodga olishadi. Ularning “Mahallamiz faxriylari” burchagidagi suratlarini ko’rgan insonlar: “Esiz, juda yaxshi odamlar edi. Bunday insonlar kamdan kam topiladi”,-deb qo’yishadi. Darhaqiqat, ular tufayli biz mana shunday darajaga yetishib, jamiyatimizda, mahallamizda o’z o’rnimizga egamiz.
     Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz bobom va buvimga o’xshagan ko’plab nuroniy otaxon va onaxonlarga katta e’tibor qaratdilar. Ular uchun bepul dam olish oromgohlari, turli yo’nalishdagi sixatgohlar tashkil etildi. Har yili 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan nuroniylar va mehnat faxriylarimizga ko’plab qimmatbaho sovg’alar topshiriladi. Ayniqsa, 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi bunga yorqin isbot bo’la oladi. Bu keksalarga bo’lgan hurmat — e’tiborning kuchayganidan dalolatdir.
    Yosh avlodning komil inson bo’lib yetishishida qariyalarimizning o’rni beqiyos. Axir aytishadi-ku: “Qarisi bor uyning-parisi bor”deb. Ular bor yerda qut-baraka, mehr-oqibat, baxt-saodat bor. Keksalar yurtning eng katta tayanchidir.
    Men inshomni Muhammad Yusufning ajoyib she’riy parchasi bilan yakunlamoqchiman:
    Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
    Ajin tushsin, yuzlariga dog’ tushsin.
    Har kimning ham quvvat ketib belidan,
    Qo’llariga bir aso-tayoq tushsin.
 
Samarqand viloyat Narpay tuman
57-umumta’lim maktab 8-“Á” sinf o’quvchisi
Imomova Zulayho 
+998933512989 
+998943751304

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri
                                                                 Reja;
1.    Keksalari qadr topgan yurt.
2.    Bobom va buvim-mening iftixorim.
3.    Barkamol avlod-yurt tayanchi.
                                                   
                                                     
                                                  Assalomdan boshlab so’zingiz,
                                           Yuzlariga bosib yuzingiz.
                                            Poyiga nur bo’lsin ko’zingiz,
                                            Har bir tongni savobdan boshlang,
                                            Keksalarni e’zozlab yashang.
    O’zbekiston –keksalari qadr topgan  yurt.Agar o’tmishga nazar soladigan bo’lsak, o’sha davrlarda ham keksalar ardoqda  bo’lish-
gan.Hozir ham shu an’ana davom etmoqda. Agar shu nuroniy
otaxon-u onaxonlarimiz bo’lmaganda edi biz o’tmishimiz haqida
tasavvurga ega bo’lmas edik. Prezidentimiz ta’kidlaganidek; ,,Ta-
rixiy xotirasiz –kelajak yo’q’’.Ota –bobolarimiz biz uchun, mana
shu yurt uchun suv kechgan, loy kechgan. Ular vatanlari uchun
jonlaridan kechishga ham tayyor turishgan.Bizga mana shunday
ozod va obod, erkin va farovon hayot qurib berganlar ham keksa-
lar bo’lishadi. Ular duoga qo’l ochib shu yurt tinchligini, farzand-
lari kamolini,yomonlarning esa jazosini berishni so’rashadi.Biz
erta tongda turgunimizcha uyimizni fayz-u barakaga to’ldirib tur-
gan bobojon, momojonlarimiz allaqachon turib,uyimizni charog’on
nur ila yoritib turgan bo’ladi.Bu ziyo nuridan odamlar ya’ni biz
bolalar, ularning shirindan-shakar nabiralari ma’naviy ozuqa ola-
miz.Ota –bobolarimiz tarixda kim uchun jon fido qilishgan. Kim uchun bunchalik jonkuyar bo’lishgan.Axir, o’z jonlarini o’ylab
dushman tarafga o’tib, xavf-xatardan forig’ bo’lganda bo’lar edi-
ku. Lekin bunday qilmadi. Aksincha, o’z nabiralari, oilasini o’y-
lab janga yeng shimarib kirdi.G’alaba qilishlariga astoydil ishon-
di.Tarixda ko’plab bobokalonlarimizni ,,xalq dushmani’’ sifatida
qatl qilishgan.Ularning bir aybi –bizga ilm o’rgatganida, savodli
qilganida edi. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek; ,,Har qaysi xalq
milliy qadriyatlarini o’z maqsad- muddaolari, shu bilan birga,
umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’-
naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tari-
xiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni ,tarixiy xotira
tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zi-
ning muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina china-
kam tarix bo’ladi’’.SHu tamoyilga asosan, bizning ozod va obod
vatanimiz uchun jon fido qilgan keksa bobolarimiz xotirasini aba-
diylashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
1999-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan ,yurtimizda 9-may
,,Xotira va qadrlash kuni’’ sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
SHu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining  ,,Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoyilar
xotirasini abadiylashtirish to’g’risida’’gi qarori e’lon qilindi.
Endilikda o’tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo’tabar zamondosh-
larimiz hurmatini joyiga qo’yishda ,,Xotira va qadrlash kuni’’ning
nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda.SHu jumladan,Prezi-
dentimizning qariyalarga ko’rsatgan fidokorona ishlari, jasoratiga
javob sifatida 2015-yilni tantanali ravishda ,,Keksalarni e’zozlash
yili’’deb e’lon qildi. SHu yil munosabati bilan joylarda keksalarni
sharaflovchi,ularga tashakkur bildiruvchi tadbirlar bo’lib o’tmoqda.
Keksalarga berilayotgan e’tibor biz yoshlarni ham bobo-buvilarimizga bo’lgan hurmat va mehrimizni tobora ortib borishiga
Sabab bo’lmoqda.Bobo-buvilarimizga davlat tomonidan bir yilda
bir marta biror sihatgohda bepul dam olish imkoniyati yaratib
berildi. Bundan tashqari bepul tibbiy xizmat ko’rsatish ularga
urushda jasorat ko’rsatganliklari uchun rag’batlantirish ham bu-
ning yaqqol timsolidir.Mana urush tugaganiga ham 70 yil bo’ldi.
 
Medali topshirildi. Bu ham keksalarga yanada g’ayratiga g’ayrat,
Shijoatiga shijoat qo’shmoqda.Ular davlat tomonidan berilayotgan
Bunday imtiyoz, rag’batlantirishlar uchun Prezidentimizga mingdan
ming tashakkurlar bildirishmoqda.Masalan,bizning maktabimizda
ham ,,Keksalari qadr topgan yurt’’ mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
SHu munosabat bilan hammamiz keksalarni sharaflovchi, ularni
Borligiga shukr qiluvchi sh’er va qo’shiqlar bilan hammani xur-
sand qildik.Bizning mahallamizda ham shunday otaxonlardan talay-
gina. SHulardan biri Damin bobo  bo’ladilar.Ular ham urushda ja-
sorat ko’rsatganligi sababli barcha yoshi ulug’ keksalar qatori
davlat tomonidan rag’batlantirildi.
        Men bobom va buvimni yaxshi ko’raman. Bobom haqida
    Gapiradigan bo’lsam, ular nabiralariga juda ham mehribon
Mahallada hamma uni hurmat qilishadi.Bobom biznikiga kelganida uyimiz nurga to’lgandek bo’ladi.Bobom ,,haj’’safariga  borganligi sababli    Hoji bobo deb chaqirishadi.SHu jumladan men ham.ular bizga juda ko’p pand-nasihat qiladilar.Biz ham ularning gaplariga quloq solamiz.Onam biron ish qilmoqchi bo’lsalar darrov bobomdan maslahat so’raydilar’Bobom ham o’z fikrlarini bildiradilar.Agar bu fikr bobomga yoqsa onam o’sha ishni qilishga kirishadilar.Bobom bizning suyangan tog’imiz.Odam qarigandan so’ng qaysar bo’lib qoladi deyishadi.Bu gap mening bobomga juda mos keladi.Ular hech kimning gapiga quloq solmaydilar.Kim nima deyishidan qat’I nazar o’zlariga foydali ishni qiladilar. Bolalari ularga juda ko’p aytganlar; ,,O’zingizni urintirmang, endi oyoq uzatib yotsangiz ham bo’ladi’’-deb. Ammo hali aytganimdek,bobom juda qaysar. Aytganidan qolmaydi. Oppoq soqoli ko’ksiga tushgan bo’lsa ham, yurib turmasa bo’lmaydi. Bobom juda saxiy insonlar. Ular doim; ,,Yaxshi o’qi, odam bo’lasan’’-deb uqtirganlar.Buvim esa juda mehribon.Oddiy uy bekasi bo’lsalar ham juda tarbiyali, oqila, orasta, farishta ayollar.       Men buvimni yaxshi ko’raman. Ular doim menga onangga yordam ber, deb pand-nasihat qiladilar.Mahallada hamma ularni hurmat qiladi.Sochlari oppoq, ishni ko’zini biladigan ayollar. Onamga ham ular tarbiya berganlar. Onam oiladagi qizlar ichida eng kattasi bo’lganligi uchun ularga dastyor bo’lgan ekan. Men ham onamga o’xshab dastyor bo’lishga harakat qilaman. Buvim farzandlarini urintirmaslik uchun, ishdan qoldirmaslik uchun ularga ish buyurmaydilar. Mashinalari bo’lsa ham piyoda yuradilar. Ko’pchilik ularga; ,,Sizga nima zarur piyoda yurib, tayyor mashina turganda’’-deydi. Lekin buvim piyoda yurishni afzal lo’radilar.Ancha keksayib qolgan bo’lsalar ham, bobom turgunlaricha choy damlab, ishlarni qilib qo’yadi. Biz ham keksayib ulardek bo’lib qolami. Keksalik har kimning boshida bor. Men ham keksayganimda ularga o’xshashga harakat qilaman. Ular mening iftihorim. Xoh yaxshi bo’lsin, xoh yomon bo’lsin ular mening bobom va buvim bo’lishadi. Ular menga pand-nasihat ziyosini ulashuvchi mehr-oqibat manbayidir.
       Keksaalarga ko’rsatilayotgan bunday e’tibor hech kimni befarq qoldirmaydi. Albatta, kelajakda biz ham ularga o’shagan dono, hurfikr,hamjihat, totuv, vaqti kelsa bir mayizni qirq bo’lib yeydigan bo’-lishimiz kerak. Prezidentimizning yoshlarga berayotgan imkoniyatlari keksalarnikidan ko’p bo’lsa ko’p-ki,kamemas. Ko’plab litsey, kollej, institutlar foydalanishga topshirilmoqda. Turli xil sport maktablari, musiqa va san’at maktabida iste’dodli yoshlar tahsil olib, shu vatanning
 koriga yarash uchun harakat qilmoqda. Sport bo’yicha esa ,,Umid nihollari’’kabi yoshlarni yanada shijoatli bo’lishga undaydi… Bugungi kunda mamlakatimizda turi sohalarda amalgam oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, yurtdoshlarimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport bo’yicha erishayotgan ulkan yutuqlari ham jahon jamoatchlilgi tomonidan e’tirof etilmoqda o’ylab ko’rganmisiz, dunyo avvalo kimni tan oladi. Bu savolga   Prezdentimiz quydagicha javob beradi; ,,O’z mehnati, aql zakovati va salohiyati bilan o’zini o’zi boqadigan, o’zini  himoya qilishga  kelajagini o’z qo’li bilan qurishga qodir bo’lgan xalqni jahon ahli e’tirof etadi’’. Bularning barchasi katta bunyodkorlik maqsadlari bilan yashaydigan  xalqni dunyo ahli tan oladi. Biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab o’z oldimizga qanday maqsad va vazifalar qo’yganimiz va bugungi kunda  shu yo’lda mamlakatimizda qanday ulkan ishlar qilayotgani haqida bilamiz. Prezdentimiz Islom Karimovning tashabbusi bikan yurtimizda har bir inson tom ma’noda erkin va farovon yashaydigan yangi davlat, yangi jamiyat qurishga  haqli ekanini ta’kidlaydi;,, Ozod va obod, erkin va farovon hayot qurish pirovard maqsadimizdir’’.  Bu muqaddas vatanda azizdir inson. Men hozirda 8-sinfda o’qiyman.Mening kelajakdan orzularim ko’p. Men oliy ma’lumotli pedagog bo’lmoqchiman. Buning uchun menga bobom va buvimning  pand nasihatlari yordam beradi.
       Har bir tongni savobdan boshlang ,
       Keksalarni e’zozlab yashang.      
 
Samarqand viloyat Narpay tuman
20-umumta’lim maktabi 8-sinf
O’quvchisi Janiyeva Chinnigul    

Mening bobom,buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim – mahallamiz faxri
Reja:
         1.Inson – eng oliy xilqat.
         2.Bobom,buvim o’gitlari – ilk hayot darsim.
         3.Faxr tuyg’usini tuygan qalb ahdi.
         Inson – o’n sakkiz ming olam ichra eng buyuk kashfiyot,eng buyuk mo’jiza.U boshqa mavjudodlardan ongi,his-tuyg’ulari jihatidan ajralib turadi.Insonda ko’plab hissiyot jilolari yolqinlangan bo’lib,bu tuyg’ulardan biri bu faxr tuyg’usidir.Inson juda ko’p narsalardan faxrlanishi mumkin.Masalan,har bir kishi oilasidan,ustoz shogirdidan,shoir yozgan she’ridan,bog’bon yaratgan bog’idan,boshqa kishi yurtidan,yana biri esa ajdod-avlodiyu o’tmishidan faxrlanadi.Shu qatori men ham o’z yurtim bilan faxrlanaman.Yoshlik chog’larimda Vatan bu- oilam, hovlim deb o’ylardim.Endi bo’lsa ongim o’sib borgani sari Vatanimni chuqurroq anglab yetmoqdaman.Endi men uchun Vatan bu- keng sarhadlar,bepoyon dalalar,cheksiz ummonlar, ulkan tog’lar,jannatmakon o’rmonlar,fusunkor shaharlar,qir-adirlaru kengliklar,hattoki,mayda zarralar ham Vatandir.

Mening bobom va buvim- mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                                  Mening bobom va buvim- mahallamiz faxri
                                 
 
                              Reja:                                                                            
 
1.Mening bobom va buvim -oilamiz faxri.
2.2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”.
3.Keksalar qalbimiz ardog’ida.
 
                                                                           Ezgulikni kuylaysiz har on
                                                                           Shodlik va g’am yurar yonma-yon.
                                                                           Kimki sizga ozor yetkazsa,
                                                                           Bardosh bo’lgim kelar bobojon.
 
Qarisi bor uyning parisi bor, deydi dono xalqimiz.Darhaqiqat,keksalar bor xonadon fayzli,barakali bo’ladi.
           Mening bobom va buvim mahallamizdagi pir-u badavlat kishilardan hisoblanadi.Bobom Ahmad bobo usta dehqonlardan biri.
           “Damcha” qishlog’ida, qolaversa, “Qozikent” mahallasida bobomni hamma hurmat qiladi.Bobomning otasi Farmon bobomiz ham ajoyib inson bo’lgan.Katta bobom ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo’lgan.Buvijonim ziyoli oilada tarbiya topganligi uchun nabiralaridan foydali maslahatlarini ayamaydilar.

Mening bobom , buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja :
1.Bizning   oilamiz
2.El e’tibori
3.Xotira 
4.Orzular
 
        Biz  Narpay  tumanidagi    Qozikent    mahallasida  yashaymiz. Qishlog`imizni  “Xo`jalar  qishlog`i” ham deyishadi.  Bu yerda  payg`ambar naslidan bo`lgan insonlar yashagan, deyishadi. Chindan  ham,  qishlog`imiz  odamlari  kamtar,  diyonatli,  hoy-u  havasga uchmaydigan,  ahil,  qanoatli  odamlar.  Kattalarni  hurmat  qilish, bir-biridan  hol  ahvol  so`rash, qarindosh  urug`larga   yordam  berish, salomni   kanda  qilmaslik  bu  yerliklarning   an’anasi. Ular   qadimda  o`zaro  quda-anda  bo`lishgan,  hozir  ham  bir–biriga  begona  emas. Ko`pchiligi   bir-biroviga  tog`a,  ammavachcha bo`lib  ketgan. Men  mana  shunday  oddiy   va  ajoyib  qishloqda  tug`ilib  ulg`aymoqdaman.
Oilamiz  ham   shu  an’analardan  kelib  chiqib  o`zaro ahil  va  totuv.
Dadam   bobomning  3- o`g`illari,  hovlimiz  alohida, lekin  bir  kichki-  na  irmoq  bo`lib katta  daryo- Sharipovlar oilasida  baxtlimiz. Mening  bobom  bilan  buvim  7  farzandni  oq   yuvib, oq  tarab   ulg`aytirgan. Nafaqat  mahalla jamoa xo`jaligida,  balki butun  Narpay  Ahmad Sharipov   degan  shifokorni  taniydi,  tan  oladi.  Chunki     mening  bobom-qo`li  yengil,   bilimli, e’tiborli  va  samimiy  inson.  U  kishi  chamasi  10 yil  oldin  nafaqaga  chiqqqan  edilar,  ammo  hamon  el  xizmatidalar.  Bundan  o`zlari  ham  xursand.  Bobom  umri  davomida    insonlarga  shifo  ulashib  keldilar. Kimgadir  maslahati  kerak  bo`lib  qolsa, erta  demay,   kech  demay,  doim  yetib  boradilar.  Tug`ilgan  kunmi,  to`y-ma’rakami,  istalgan  vaqtda  biror  kishining  tobi  qochib  qoldimi,  bobom  qo`lida  tekshiruv  apparati bilan yetib keladilar. Mening    bobom-odamlarning    rahmati    kishini o’sib-unishiga sabab   bo’lishiga   ishongan,   bizga ham shuni singdirgan halol inson.     Odamlar  bobomga o`zgacha ixlos va hurmat  bilan  murojaat  qilishadi.  Bobomning  bir  xislati  menga  juda  yoqadi. U  kishi  juda  ham  bolajonlar.   Chaqaloq   bo`lsa ham,   kichkina bolacha  bo`lsa ham quchog`ini  keng  ochib,  bag`riga  bosadilar. Yosh  bolani  erkalab  aytgan  so`zlar  shunchalik samimiyki,  har  qanday  maqtovdan  muhim.  Qayerda, qanday vaziyatda bo`lmasin, doim nabiralarining g`amini yeydilar. Biz bilan  ovunadilar.
            Faqat  u  kishining  birgina  armonlari  bor: bundan  9 yilcha burun  buvijonim  bizni  bevaqt  tark  etdi. Ular  juda  ajoyib  inson  edilar.  Meni,  umuman,  hamma  nabira,  farzandlarini  o`z   mehrlari  bilan  siylar  edilar.  Men u paytlarda  kichkina  edim.  Ko`p  narsalar  bilmas,   tushunmas  edim.  Ammo  u  kishining   ma’yus  chehrasi  elas-elas yodimda.  Oyim u kishi haqida gap boshlar ekanlar faqat iliq  so`zlar  bilan  eslab,  meni xuddi u kishiga o`xshashimni istaydilar.   Aytishlaricha,   buvim–mehnatkash,  mehribon,  o`tkir,   chidamli,  sabrli  ayol  bo`lgan  ekanlar.  Butun qishloqning bolasini beshikka  bog`lab,  o`zi  cho`miltirib, ayollarning chillasi chiqqungacha parvarishlab  turgan  ayol  ekanlar.  Biz  ukam bilan  esimizni  tanigan  paytlarimizda  oyim  ularning  hovlisiga  olib borar  edilar.  Ota-onamiz  o`qituvchi  bo`lgani uchun  vaqtlari  kam  edi.  Ular har kuni  bizni  ularnikiga  olib  bora  olmasdi. Keyinchaik, yo`lni  bilib olib,  o`zimiz  boradigan  bo`ldik.  Uydagilar   kechikishsa,   buvim  xavotirlanib yarim  yo`lgacha olib  kelib qo`yardilar. Keyin ko`nikib qoldik. Ollohimdan u  kishining  oxiratlarini  obod  qilishini  so`rab  qolaman.
Dadamning 2 ta  akalari  bor:  men  u  kishilarni  ham  bobo, ularning  ayollarini  esa  buvi  deb  chaqiraman.  Bizda   kattalarni  o`z  ismi  bilan  chaqirish hurmatsizlik  hisoblanadi.  Dadamning katta  akalari  tish  shifokori.  U kishi juda ham bolajon.  Meni  chaqaloqligimda  erkalab  “asal  qizim”  degan  ekanlar. Men  ham  tilim chiqishi  bilan  ularni  “asal  bobo”, ayollarini  esa “asal  buvi”  deganman. Dadamning  2-akasi  ham     kichik   bobom.  U  kishi  gaz  sohasida ishlaydilar.  Mehribonlikda  u  kishiga  hech  kim  yeta  olmaydi. Bitta  olma  topsa  ham  yonidagilar  bilan  baham  ko`radigan  bu  buvamni   “  yaxshi  bobo” deb, ayolini  esa “yaxshi  buvi”   deb  ataymiz. Amakim  esa  bitta. Ammo  eng  talabchan,  eng  jiddiy kishi. U  kishi  Samarqand   temiryo`l qurilishi   kollejida  o`qituvchi. Har safar  uyimizga  kelganlarida  ukamni,  meni o`qishlarimizni  so`rab, yangi    topshiriqlar  berib,  bilimli,  aqlli bolalar bo`lsak,  bizni alohida  siylashlarini aytadilar. Ammo  hali  u  kishining  ishonchini  oqlay  olganimizcha  yo`q.
Mening  3  ta  ammam  bor,  ular  ham  o`z  obro`yi  bilan  tanilgan,  oilali.  Biri- shifokor,  biri o`qituvchi,  yana biri uy bekasi.  
Men  mana  shunday  baxtli   oilaning  umidiman.  7  ta  farzand,  19  ta  nabira, 4  ta   chevara  bilan  boy  bo`lgan  bobojonim  singari  elga  kerakli,  ibratli  inson bo`lishni  istayman.  Kelajakda  ota-onam  kabi  muallim   bo`lib,  xalqqa  xizmat  qilishni   istayman.  Bobomning  otini  eshitgan insonlarning e’tirofiga ega bo`lgani singari mening ishlarimni,   o`qishimni  aytgan  insonlarga bobom g`urur  va  faxr  bilan    qarashini   istayman.  Men  bir  narsani bilaman:  Buvim  mening  yaxshi   ish  va  o`qishlarimni ko`rib turgan bo`lsa, ruhlari shod bo`ladi.  Bobojonimning  esa  umrlaridan  rozi,  bizlardan xursand bo`lishi uchun farz. Bu  gaplarni  sizga bobosining,  buvisining  munosib  qizi  aytyapti.  Yana  10-15 yildan  keyin  qishlog`imizga yo`lingiz  tushsa,  keling, do`xtir boboning  sulolasi  o`ziday  ardoqli,  sevimli bo`lganini ko`rasiz.  
 
Samarqand viloyati Narpay tumanidagi
52-umumta’lim maktabi 8-sinf o’quvchisi
 
  Ahmadova Mahliyo. +99893 235-82-75